Darslardan foydalanish qoidalari
UNIC MEDIA dagi har bir dars, kurs va fayl — ekspertning mehnati va mualliflik mulki. Sotib olish orqali siz quyidagi qoidalarga rozilik bildirasiz.
1
Faqat shaxsiy foydalanish uchun
- Sotib olingan dars va fayllar faqat sizning shaxsiy o'qishingiz va ishingiz uchun.
- Akkauntingizni, login va parolingizni boshqalarga bermang.
2
Qat'iyan taqiqlanadi
- Videoni, fayllarni yoki ekrandan yozib olingan nusxani boshqalarga berish.
- Telegram, Instagram, YouTube, bulut va boshqa joylarga joylash.
- Darslarni yoki project fayllarni qayta sotish, guruhlarda tarqatish.
3
Tarqatgan odam aniqlanadi
- Har bir videoda sizning username'ingiz va telefon raqamingizning bir qismi harakatlanuvchi suv belgisi bo'lib turadi.
- Tarqatilgan har qanday nusxadan — hatto ekrandan yozilgan bo'lsa ham — kimdan chiqqani ko'rinadi.
4
Qoida buzilsa
- Akkaunt darhol bloklanadi va barcha sotib olingan darslar yopiladi.
- To'langan pul qaytarilmaydi.
- Ekspert va UNIC MEDIA mualliflik huquqini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq himoya qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.
5
Oflayn saqlash
- Darsni oflayn saqlasangiz, u qurilmangizda shifrlangan holda turadi va faqat UNIC MEDIA saytining o'zida ochiladi.
- Oflayn nusxa 30 kun ishlaydi. Keyin internetga ulanib saytga kirsangiz, o'zi yangilanadi.
- Akkaunt bloklansa yoki xarid bekor qilinsa, oflayn nusxa ham ochilmay qoladi.